UZAGROEXPO-2018

«IFODA AGRO KIMYO HIMOYA» kompaniyasi bir necha yillar davomida Respublikamizdagi dehqon va fermer xo’jaliklari, shuningdek, o’simliklarni himoya qilish sohasidagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda. Joriy yilning 21-23 noyabr kunlari biz (qishloq xo’jaligi) 14-Xalqaro ko’rgazmasida ishtirok etdik. Biz taklif etayotgan mahsulotlar yildan yilga miqdoriy va sifat jihatdan ortib bormoqda.


Tabiiyki, ko’rgazma maydonchasida mutaxassislar potentsial savdo bozorini baholaydilar, mijozlar bilan to’g’ridan-to’g’ri va samarali aloqalarni o’rnatadilar, mahsulotlarni keng ommaga namoyish qiladilar.
Tashrif buyuruvchilar urug’lar va o’g’itlardan tortib dekorativ elementlar va aksessuarlargacha – o’zlari uchun zarur bo’lgan hamma narsani topadi. Bu erda tajribali agronomlar tashrif buyuruvchilarga maslahatlar berib, ekinlarni parvarishlash bo’yicha foydali maslahatlar va ko`plab tavsiyalar berishadi.


Ko’rgazmada ishtirok etish kompaniyamiz va mijozlarimiz uchun samarali bo’ldi. Mahsulotlarimizni hamkorlarimiz hamda mijozlarimizga ko’rsatishga muvaffaq bo’ldik.


Bularning natijasida shartnomalar imzolanib, bizning maqsad va vazifalarimiz amalga oshadi. Farmer va dehqon xo`jaliklari hamda shaxsiy tomorqa egalari uchun zarur bo’lgan yuqori samarali mahsulotlar va xizmatlarni xalqaro bozorga olib chiqish; urug’lar, o’g’itlar, kimyoviy vositalar va qishloq xo’jaligi uchun zarur yangi texnologiyalarga bo’lgan ehtiyojni qondirish uchun imkoniyatlar yaratiladi.