BANDIXON TUMANIDAGI FERMER XO‘JALIKLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI

08.05.2021

132

BANDIXON TUMANIDAGI FERMER XO‘JALIKLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI

“Ifoda” kompaniyasining yuqori malakali agronom-mutaxassislari Respublikamizning barcha hududlaridagi mijozlarga qishloq xo‘jaligi ekinlaridagi muammolar, zararkunanda, kasallik va begona o‘tlarni aniqlash, tahlil qilish va zarur choralarni ko‘rish kabi agronomik xizmatlarni bepul ko‘rsatib kelmoqdalar.

Xususan, Surxondaryo viloyatining agronomlaridan biri Umid Do‘stov Bandixon tumanidagi bir qator fermer xo‘jaliklarini o‘rganib chiqib, o‘zining agronomik tavsiyalarini berib o‘tdi. Masalan, agronom tomonidan tumandagi “Quvondiq Abdiyev” fermer xo‘jaligi 22 gektar g‘alla maydoni ko‘zdan kechirilganda, kelgusidagi rivoji uchun Zerebra agro, IFO KALIFOS, ANKASUPER, chigit ekish jarayoni uchun IFO SEED o‘g‘itlariga muhtojligi aniqlandi.

Shuningdek, tumandagi “Ballibek” fermer xo‘jaligi 12 gektar g‘alla maydonlari zang kasalligiga qarshi Top Krop (0,25 l/ga), begona o‘tini yo‘qotish uchun esa Entorane ekstra (0,5 l/ga), Entopik (0,5 l/ga), Silver (0,1 l/ga) preparatlari bilan ishlov berildi.

Bandixon tumanining yana bir fermer xo‘jaligi – “Ko‘ksoyobod”ning 13,5 ga g‘alla maydonlari ko‘rilganda esa rivoji uchun Bigus (1 l/ga), Zerebra agro (0,5 l/ga), zang kasalligiga qarshi Top Krop (0,25 l/ga), begona o‘tlariga Entostar plyus (0,04 l/ga), Entopik (0,5 l/ga), Silver (0,1 l/ga) preparatlari qo‘llanilishi lozimligi maʼlum bo‘ldi.

Tumandagi “Tojinur Sho‘rchi” fermer xo‘jaligining 10 ga g‘alla maydoni ham agronom nigohidan chetda qolmadi. Barq urib rivojlanishi uchun tavsiya etilgan Bigus (1 l/ga), begona o‘tlariga qarshi Entopik (0,5 l/ga), Silver (0,1 l/ga) preparatlari kelgusida o‘z samarasini bermay qolmaydi.

Manzil qo'shish

Fikr-mulohaza so'rovi shakli