
23.02.2021
BULOQBOSHILIK YoSh DEHQONLAR YER BILAN TAʼMINLANDI
«Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da yurt kelajagi bo‘lmish o‘g‘il-qizlarni ijtimoiy himoya qilish masalasiga chuqur eʼtibor berilmoqda. Qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borishni istagan yoshlarga yer ajratilishi ularning istiqboldagi rejalariga qanot bag‘ishlashi bor gap.
Jumladan, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligida qator islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. 20 fevral kuni viloyat hokimi Buloqboshi tumanida bo‘lib, 400 dan ziyod yoshlar, tuman hokimligi mutasaddilari, fermer xo‘jaliklari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazdi.

Shu munosabat bilan Buloqboshi tumanidagi yer so‘rab murojaat qilgan 30 nafar yoshlar 20 sotixdan yer bilan taʼminlandi. Va bu bilan tumandagi yer bilan taʼminlangan yoshlar soni 323 nafarga yetdi.
Buloqboshi tumanidagi “Muqaddam” fermer xo‘jaligining dala shiyponida tashkil etilgan mazkur tadbirda “IFODA” kompaniyasi ham o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi. Agronomlar Muhammadsulton Ataxanov hamda Muzaffar Toshtemirovlar yosh dehqonlarga ekinlarga kimyoviy ishlov berish hamda preparatlarimizdan foydalanish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdilar.