Entodefol hamda Siklodefol o‘z ishini uddaladi

19.08.2021

241

Entodefol hamda Siklodefol o‘z ishini uddaladi

Katta mehnat evaziga yetishtirilgan hosilni kuzning yog‘in-sochiniga qoldirmay, tez va sifatli yig‘ib-terib olishda g‘o‘za defoliatsiyasi paxtakorlar uchun eng muhim tadbir sanaladi.

O‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilgan defoliatsiya g‘o‘za barglari to‘liq to‘kilishini taʼminlaydi, qator oralaridan shamol o‘tishi va ko‘saklarga quyosh nurining ko‘proq tushishi natijasida barvaqt pishib yetilishi va ochilishiga qo‘shimcha imkon yaratiladi. Paxta qisqa muddatda yig‘ib-terib olinadi.
Mazkur muhim agrotexnik tadbir uchun “Ifoda” kompaniyasining Entodefol hamda Siklodefol preparatlari juda qo‘l keladi.

Xususan, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi “Jizzax industrial to‘qima” klasteriga qarashli “Niyatjon Suvonov” fermer xo‘jaligining paxta maydoniga Entodefol (gektariga 150 g) va Siklodefol (1,5 litr) preparatlari sinov tarikasida sepilib, fermerga ko‘rsatib berildi.

Quyidagi suratlar orqali siz preparat sepilgan hamda sepilmagan maydonlar orasidagi farqni ko‘rishingiz natija mumkin. Sepilmagan maydon bilan solishtirildi.

Manzil qo'shish

Fikr-mulohaza so'rovi shakli