
08.02.2021
“ENTOMEKTIN” PREPARATI O‘RGIMCHAKKANANI NOBUD QILDI
Iyul oyida paxta dalalariga xavfli so‘ruvchi zararkunanda – o‘rgimchakkana xavf solishni boshlaydi. Yoz o‘rtasida dala atrofidagi begona o‘t va tutqatorlarda rivojlangan kanalar g‘o‘za paykallariga ko‘chib o‘ta boshlaydi. Odatda ushbu zararkunanda shamol yordamida, o‘rgimchak iplari vositasida, shuningdek ish qurollari va texnika vositalari orqali tarqaladi. O‘rgimchakkananing dastlabki avlodlari begona o‘tlarda, ayniqsa qo‘ypechakda rivojlanadi. Begona o‘tlar qurib dag‘allashgandan keyin g‘o‘za nihollariga tuxumini qo‘ya boshlaydi.
Namangan viloyatining Chust tumanidagi "Nargizabonu Rasulova" fermer xo‘jaligi ham bu yil shu muammo bilan to‘qnash keldi. “Ifoda” kompaniyasi agronomlari 12 gektar paxta maydonining 3 gektariga o‘rgamchakkanaga qarshi kompaniyamiz tomonidan yangi ishlab chiqarilgan Entomektin preparatini gektariga 300 grammdan qo‘llashni tavsiya etishdi. Shuningdek, ushbu fermer xo‘jalikning 6 gektar paxta, 4 gektar loviya maydonlariga bargidan oziklantirish uchun gektariga 200 grammdan Zerebra agro preparatlari tajriba sinov asosida qo‘llanilgan.
Yaqinda payta maydonlari qayta ko‘zdan kechirilganda “Entomektin” preparati yaxshi natija ko‘rsatib, o‘rgimchakkana nobud bo‘lganligi kuzatildi. Zerebra agro qo‘llanilgan maydondagi g‘o‘za va loviya ekinlarining esa rivoji tezlashgan, barg plastinkasi qalinlashib, rangi to‘q yashil tusga kirgan.