ERTA BAHOR BOG‘LARGA ISHLOV BERISH HAQIDA SEMINAR

22.02.2021

116

ERTA BAHOR BOG‘LARGA ISHLOV BERISH HAQIDA SEMINAR

Farg‘ona viloyatining Quva tumanida erta bahor bog‘larda o‘tkaziladigan kimyoviy agrotexnik tadbirlar to‘g‘risida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini Davlat inspeksiyasi boshliq o‘rinbosari Baqojon Murodov, viloyat o‘simliklar karantini boshlig‘i Maxsudali Saydullayev hamda bir qator bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.
 

Mazkur o‘quv seminarida “IFODA” kompaniyasining agronomlari ham ishtirok etib, erta bahor danakli va urug‘li mevali daraxtlardan iborat bog‘larda kimyoviy vositalar bilan ishlov berishda qaysi preparatlardan foydalanish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tishdi. Bu haqda kompaniya yetakchi agronomi Dilshod Jo‘rayev shunday deydi:

–         Erta bahor zararkunandalarga qarshi kurashish uchun Bi 58 preparatini bir gektar yerga 3 kilogrammdan qo‘llash mumkin. Shuningdek, ENTOXLOROK 85 mahsulotini ham bir gektarga 3 kilogrammdan ishlatish mumkin. Bundan tashqari, sovuqning oldini olish uchun bir gektar yerga 600 gramm VL 77, 600 gramm ENTO ZINC preparatini aralashtirib sepishni tavsiya qildik. Gullashdan oldin va gulidan keyin qurtga qarshi Entovant hamda Entovant Pro preparatlarini gektariga 600 gramm, 250 grammdan qo‘llash to‘g‘ri bo‘ladi. Shuningdek, seminarda feromon tutqichlardan foydalanish borasida ham batafsil maʼlumot berdik.

Manzil qo'shish

Fikr-mulohaza so'rovi shakli