
20.02.2021
G‘ALLA HOSILINI 90-100 SENTNERGA CHIQARISH BO‘YICHA TAVSIYALAR
17 fevral kuni Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi “Tillaboyev – hosili mo‘l” fermer xo‘jaligida g‘allani bargidan oziqlantirish, kasallik, zararkunanda hamda begona o‘tlariga qarshi kurashish usullariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Izboskan tuman hokimi o‘rinbosari Abdufattoh Umarov, “IFODA” kompaniyasi agronomlari hamda tumandagi g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari vakillari qatnashdilar.
Seminarda “IFODA” kompaniyasi agronomlari dehqonlarga g‘allaga ishlov berish borasidagi oltinga teng maslahatlarini berib o‘tishdi. Jumladan, g‘alla qishdan chiqqanidan keyin bargini IFO PZN va Anka Super suspenziyalari bilan oziqlantirish tavsiya qilindi. Begona o‘tlarga qarshi esa Entostar hamda Entostar+ preparatlari, boshoqli begona o‘tlarni yo‘qotish uchun esa Entopik hamda Ento Raygras bilan ishlov berish foydali bo‘lishi taʼkidlandi. Mutaxassislar zararkunandalarga qarshi Top Krop, Dalate plyus hamda Entolucho 20 preparatlari samarali bo‘lishini aytib o‘tishdi. Shuningdek, g‘allaga ishlov berishning uchinchi bosqichida Zerebra agro hamda IFO AMINOMAXni qo‘llash tavsiya qilindi.

Shuningdek, agronomlar 90-100 sentner g‘alla hosili olish bo‘yicha o‘z kuzatishlari bo‘yicha tavsiyalarini berib o‘tishdi. Bu haqda tajribali agronom Muhammadsulton Ataxonov quyidagilarni ochiqladi:
– Bugungi seminarimiz o‘tkazilayotgan joy – “Tillaboyev – hosili mo‘l” fermer xo‘jaligi “IFODA” ning uch yildan buyon tajriba sinov uchastkasi hisoblanadi. 2019-2020 yilgi mavsumda mazkur xo‘jalik g‘alladan 90-92 sentnerdan hosil oldi. Bu kabi yuqori hosildorlikka barcha fermer xo‘jaliklari erishishlari mumkin. Faqat tavsiyalarimizga amal qilib, g‘allaga kamida 5 marta suspenziya bilan, ikki marta kasallik, ikki marta zararkunanda hasharot va bir marta begona o‘tlarga qarshi ishlov berilsa, yuqori hosildorlikka erishish mumkin.
Yig‘ilishda fermer hamda dehqon xo‘jaliklaridan tashrif buyurgan vakillar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ham murojaat qilishdi. Aksariyat dehqonlar bankdan olayotgan kredit mablag‘larini to‘g‘ridan-to‘g‘ri “IFODA” kompaniyasiga, o‘g‘it va preparatlar xaridi uchun yo‘naltirish usuli borasida yordam so‘radilar. Mutaxassislar “IFODA” kompaniyasi taʼminotchilar bazasida mavjudligi, fermerlar bank rahbariga murojaat qilish orqali mablag‘larini o‘zlari istagan taʼminotchiga yo‘naltirishlari mumkinligini tushuntirishdi.