“Global textile Solutions” hamda “Ifoda” kompaniyasi hamkorligining go‘zal eʼtirofi

31.07.2021

165

“Global textile Solutions” hamda “Ifoda” kompaniyasi hamkorligining go‘zal eʼtirofi

“Ifoda” kompaniyasi o‘z mijozlari hamda hamkorlari bilan do‘stona aloqalarni o‘rnatish, ikki tomonlama munosabatlarni yana-da mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratadi.

Shu maqsadda “Ifoda Agro Kimyo Himoya” qo‘shma korxonasi bosh direktori Qodirbek Mirzamahmudov azaliy hamkorlaridan bo‘lmish “Global textile Solutions” kompaniyasiga tashrif buyurdi.

Suhbat davomida “Ifoda” kompaniyasi hamda “Global textile Solutions” paxta-to‘qimachilik klasteri bilan hamkorlikni yana-da mustahkamlash, kelajakda yangidan-yangi loyihalarni amalga oshirish xususida kelishib olindi.

Uchrashuv davomida “Ifoda” kompaniyasi direktori Qodirbek Mirzamahmudov mustahkam hamkorlik ramzi bo‘lgan, “Ifoda” logotipi tushirilgan maxsus statuetkani o‘z egasiga topshirdi.

Manzil qo'shish

Fikr-mulohaza so'rovi shakli