
20.02.2021
GULKARAM EKSPORTIDAN MILLIARDLAB DAROMAD TOPAYOTGAN FERMER XO‘JALIGI
Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, yurtimizda yiliga 21 million tonnadan ortiq meva-sabzavot yetishtiriladi. Lekin, ularning bor-yo‘g‘i 1,5 million tonnasi eksport qilinadi. Marketing yo‘qligi, jahon bozoridagi holat o‘rganilmasligi oqibatida eksport talablariga javob beradigan mahsulotlar yetarli miqdorda yetishtirilmayapti. Dehqon, qayta ishlovchi va eksportchi korxonalar o‘rtasida tizimli hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagan. Mirishkor ekinlarni o‘z bilganicha qadoqlab, yetishtirgan mahsulotini sota olmayapti, eksportyor esa meva-sabzavot qidirib yuribdi. Bu xorijlik xaridorlar bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishga salbiy taʼsir etadi.
Biroq Surxondaryo viloyatining Angor tumanidagi “Shamshodbek-Imronbek” sabzavotchilik fermer-xo‘jaligini bunday xo‘jaliklar qatoriga qo‘shib bo‘lmaydi. Ishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib olgan bu fermer xo‘jalik o‘z mahsulotlarini Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksport qilish hisobiga yiliga milliardlab daromad oladi. Va “Shamshodbek-Imronbek” bu muvaffaqiyatining salmoqli qismini “IFODA” kompaniyasi bilan hamkorligi mahsuli deb biladi. Ular bilan faoliyat olib borgan agronomlar ishi hamda zavod preparatlari sifatidan juda mamnun. Bu haqda fermer xo‘jalik bilan birga faoliyat yuritgan “IFODA” agronomi Zafar Shiraliyev shunday deydi:
– Fermer xo‘jaligidagi 5 gektar yerga ekilgan karam ko‘chatining dastlabki o‘n besh kunida “IFO MIS ULTRA” va “VL 77” o‘g‘it va preparatlaridan sepib, issiqda kasalliklarga chidamliligini oshirib oldik. Mavsumda ko‘proq bargini oziqlantirishga eʼtibor qaratdik. Bargi oziqlanishi evaziga hosildorlik yuqori, tayyor mahsulot esa sifatli bo‘ldi. Hozirgi kunda fermer xo‘jaligi ekilgan gulkaram ko‘chatining har gektaridan 7-8 tonna birinchi sort hosil olib, kilogrammini 7-8 mingdan sotmoqda. Shuningdek, har gektaridan 20-25 sentnerdan ikkinchi va uchinchi sortli gulkaram ham yetishtirilib, Rossiyaga eksport qilinmoqda. Ular “IFODA” kompaniyasi bilan hamkorlikdan juda mamnun. Biz bilan doimiy ishlab kelgani, kerakli vaqtda kerakli dorini berganimiz uchun sifatli va mo‘l hosil kafolatlandi. Jumladan, “VL-77” preparatimiz noyabr oyida karam ekinlarini qattiq sovuqdan asrab chiqdi.

Davlatimiz rahbari yaqinda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida meva-sabzavotchilikda klaster tizimini yo‘lga qo‘yish zarurligini taʼkidladi. Sohada ko‘p yillik tajribaga ega, mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash infratuzilmasi bor tadbirkorlarni bunga jalb qilish yaxshi samara berishi qayd etildi. Biroq tadbirkorlar bilan birgalikda ekin hamda o‘simliklarni himoyalovchi, mo‘l va sifatli hosilni taʼminlab beradigan o‘g‘itlardan ham foydalanish aslo zarar qilmaydi. “IFODA” kompaniyasi bu borada sizga yordam bera olishidan doim mamnun.