
19.08.2020
HAR BIR G‘O‘ZADA 45-50 TAGACHA KO‘SAK BOR. BU 60 SENTNERGACHA HOSIL DEGANI
Namangan viloyati Pop tumanidagi “Nigora-Aziz” urug‘chilik fermer xo‘jaligi g‘allachilik, paxtachilik sohasida yuqori natijalarni ko‘rsatib kelmoqda. Xo‘jalik 2005 yilda tashkil etilgan bo‘lsa, 6 yildan beri Ifoda kompaniyasi bilan hamkorlik qilib, birgalikda ekin yetishtirib kelmoqda. Fermer xo‘jalik rahbari Rahmatjon akaning eslashicha, avvallari birgina g‘allaning o‘zida 60 sentnerdan oshirolmagan. “Ifoda” bilan hamkorlikda ishlagandan so‘ng esa, 80-90 sentnerdan xirmon ko‘tarib kelmoqda. Bundan fermer mamnun, albatta. Ayni damda esa, g‘o‘za parvarishiga alohida eʼtibor qaratmoqda.
– Bu yilgi g‘o‘zalarimiz ancha yaxshi rivojlangan, agronom Orif aka bilan boshidan beri birgalikda ishlab kelyapmiz, – deydi fermer R. Ro‘zmatov. – Endi bir gap-da, agar Ifoda kompaniyasining mahsulotlari samara bermaganda, biz shuncha yillardan beri qo‘llab kelmasdik. Foydasini sezdik, shukr, hamkorligimiz yaxshi. O‘tgan yili paxtadan 45 sentner hosil olgandik, bu yil esa, 55 va hatto 60 sentnergacha mo‘ljal qilib turibmiz. Bu taxmin emas, hosil nishonalari shuni aytib turibdi.
Chindan ham g‘o‘zadagi hosil nishonalariga eʼtibor bersangiz, 45-50 donadan ko‘saklarni ko‘rishingiz mumkin. Buning ustiga ko‘saklarning barchasi sog‘lom.

– Bu dalaga ko‘sak qurtiga qarshi juda yaxshi ishlov o‘tkazdik, – deydi agronom Orifjon Bozorov. – Buning uchun dastlab feromon-tutqichlardan foydalandik. Tuzoqlarimizga 4-5 tadan ko‘sak qurti kapalagi tushgandan so‘ng, ENTOVANT PRO va PROTEKT preparatlari bilan ishlov o‘tkazdik. Ko‘rib turganingizdek, ushbu dalada birorta ham ko‘sak qurtining keltirgan zararini uchratmaysiz. Bundan tashqari yaqinda IFO KALIFOS va IFO AMINOMAKS kimyoviy vositalarini qo‘lladik. Bundan maqsad yetilib kelayotgan ko‘saklarning hajmini kattartirish, yaxshi rivojlantirib, paxtalar bo‘liqligini taʼminlash va albatta hosilni tarozi bosadigan qilish. Qolaversa, ayni kunlarda shira, trips kabi zararkunandalar uchrab turadi. Bularga qarshi ENTOSPILAN preparatimiz bilan ishlov berdik.
Nasib qilsa, “Nigora-Aziz” fermer xo‘jaligi bilan bundan keyingi hamkorlik aloqalarimiz ham yana-da mustahkam bo‘ladi. Shu orqali el xirmoniga, yurtimiz iqtisodiyotiga munosib hissa qo‘shcak, biz shundan quvonamiz.