"HOSILDAN KO‘NGLIMIZ TO‘Q. NASIB QILSA, 90-100 SENTNERDAN BUG‘DOY OLISHNI NIYAT QILGANMIZ"

17.06.2020

137

"HOSILDAN KO‘NGLIMIZ TO‘Q. NASIB QILSA, 90-100 SENTNERDAN BUG‘DOY OLISHNI NIYAT QILGANMIZ"

Jizzax viloyati Paxtakor tumani “Paxtakor-Alpomish” fermer xo‘jaligiga qarashli g‘alla maydoniga hademay kombayn oralaydi. Xo‘jalik rahbari Yoqubjon Ernazarovning hosildan ko‘ngli to‘q. Bu yil har yilgidanda barakali, mo‘l va sifatli xirmon ko‘tarishiga ishonchi komil. Fermerning o‘zidan so‘rasangiz, hech ikkilanmay 90-100 sentnerdan hosil kutayotganligini aytadi. Dalani ko‘zdan kechirib, g‘allaning zichligi, uning boshoqlariga eʼtibor bersangiz bunga o‘zingiz ham amin bo‘lasiz.

“Paxtakor-Alpomish” fermer xo‘jaligi 2013 yilda tashkil etilgan bo‘lib, umumiy yer maydoni 82 gektar. Shundan 48 gektari g‘alla, qolgani esa paxta maydonlari. Bu mavsumda g‘alla 7-8 marotaba suspenziya qilingan. Ayniqsa, begona o‘tlarga qarshi o‘z vaqtida kurashilgan.

Yaxshiboy Shodmonov, hudud agronomi: 
Bu fermerimiz hali yosh bo‘lishiga qaramay, dehqonchilikning sir-sinoatini puxta o‘zlashtirgan. “Ifoda”ning doimiy hamkori hisoblanadi. Paxta bo‘ladimi, g‘allami ekishdan to yetilgungacha birgalikda yetishtirib kelyapmiz. Mana shu g‘allani birinchi ekishdan oldin IFO SEED bilan dorilab ekkan edik. Undan keyin erta bahorda begona o‘tga qarshi ENTOSTAR preparati bilan doriladik. Bundan tashqari so‘liga qarshi ENTOPIK preparatini qo‘lladik. Mana ko‘rib turibsizlar, birorta ham so‘li ko‘zga tashlanmaydi. Shuningdek, zang kasalligiga qarshi TOP KROP kimyoviy vositasidan foydalandik. Bu mavsum seryog‘in bo‘lganligi uchun ushbu preparatdan 2 marta foydalanishga to‘g‘ri keldi. Barcha fermerlarga shuni tavsiya qilib qolardimki, mo‘l hosil olish uchun birinchi navbatda urug‘ni dorilab ekishdan boshlash kerakk. Shunda yaxshi, chiroyli va sog‘lom ko‘chat olish mumkin. 

Xo‘jalik doimiy ravishda agronomlarning tavsiya va maslahatlariga quloq tutib, g‘allani oziqlantirishda, kasallik hamda zararkunandaga qarshi kurashda kerakli choralarni ko‘rib kelgan. Yakunda esa, ko‘rib turganingizdek 100 sentner hosil olishni mo‘ljal qilib turibdi.

Manzil qo'shish

Fikr-mulohaza so'rovi shakli