“IFO PZN” HAMDA “IFO UAN” PREPARATLARINING SAMARASI BIR HAFTADA KO‘RINDI

24.02.2021

159

“IFO PZN” HAMDA “IFO UAN” PREPARATLARINING SAMARASI BIR HAFTADA KO‘RINDI

“IFODA” kompaniyasining surxondaryolik agronomlari Muzrabot tumanidagi Shokir Alimovga qarashli 12 400 gektar maydonli “Boshoqli don g‘alla” klasterida “IFO PZN” HAMDA “IFO UAN” preparatlari sinovini o‘tkazishdi. Mazkur klaster o‘zining barcha ekin maydonlarida kompaniyamiz mahsulotlaridan foydalanadi. Agronomlar bor bilim hamda imkoniyatlarini ishga solib, 5 ming gektardan iborat yer maydoniga ekilgan kechki g‘allaga ishlov berishdi. Hozirgacha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida kechki g‘allalarda tuplash darajasi ancha yaxshilangan.

“IFODA” kompaniyasidan mazkur klasterga biriktirilgan vakil Zafar Shiraliyevning so‘zlariga ko‘ra, kechki g‘allada preparat qo‘llanilishidan avval tuplar soni ikkita bo‘lgan. Bir haftadan so‘ng tuplash miqdori 3-4 taga yetgan. Ertangi g‘allalarda esa “IFO PZN” HAMDA “IFO UAN” qo‘llanilgandan so‘ng tuplash miqdori 8-10 tadan oshib ketgan va bu natija klaster rahbari hamda bosh agronomni juda mamnun qilgan.

Zafar Shiraliyev mart oyida klaster yeri uchun uch marta ishlov berish dasturini tuzib qo‘ydi. Birinchi bosqichda gerbitsidlardan Entopik va Entostar plyus preparatlarini qo‘llash ko‘zda tutilgan. Ikkinchi bosqichda esa zang kasaliga qarshi Top krop preparatini gektariga 300 grammdan ishlatish rejalashtirilmoqda. Uchinchi bosqichda hosilni yana-da rivojlantirish uchun Hosil, Hosil 20 20 va Potex preparatlarini qo‘llash dasturga kiritilgan.

Manzil qo'shish

Fikr-mulohaza so'rovi shakli