IFO SEED VA VL-77 PREPARATLARI BILAN LABORATORYADA TAZHRIBA OTKAZILDI

22.11.2019

123

IFO SEED VA VL-77 PREPARATLARI BILAN LABORATORYADA TAZHRIBA OTKAZILDI

Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo filialida IFO SEYED va VL-77 preparatlarining ekin turlarida qo‘llash samarasi laboratoriya sharoitida o‘rganilmoqda. Buning uchun maxsus tuvaklarga o‘simlik urug‘i dorilab va dorilanmasdan, yaʼni, nazorat uchun ekildi. Mutaxassislarnig taʼkidlashicha, ular o‘rtasidagi ilk samara o‘simlikning o‘sish jarayonida sezilgan. Dastlabki 10 kunlik natijalariga ko‘ra, nihollar bo‘yidagi farq 3 sm bo‘lsa, 25 kunlikda bu raqam 8 smni tashkil etgan.

  • Bu tajribada elita urug‘lardan foydalandik. Aytish kerak, urug‘ning unuvchanligida unchalik ham farq sezilmadi, – deydi Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti ilmiy kotibi Akbar ABDUAZIMOV. – Lekin o‘sish tezligi va energiyasida yetarlicha farq sezildi. Shuningdek, dorilab ekilgan tuvakdagi o‘simlik ildizi nazoratdagiga nisbatan yaxshi rivojlangan. Bundan tashqari ko‘rishimiz mumkinki, nazoratdagi o‘simlikning har 10 tasidan ikkitasida qo‘shimcha tuplagan. Tajriba tuvakchadagi esa, o‘ntasidan 9 tasi qo‘shimcha tuplagan.

Demak, IFO SEYED bilan dorilanganda, o‘simlik ildizi baquvvat bo‘ladi, o‘sish energiyasi oshadi, tuplanishi yaxshilanadi. Bu esa qishga chidamli bo‘lib kirib, turli kasallik va boshqa salbiy omillarga qarshi kurashuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari bug‘doy unib chiqqandan so‘ng ozuqaga bo‘lgan ehtiyoji ortadi. Laboratoriya sharoitida buni aniqlash uchun xlorofillar miqdorini o‘lchab olish lozim. Xlorofillar miqdorini aniqlashda bizga o‘simlikning 10 ta namunasi kerak bo‘ladi. Tadqiqotlar uchun har bir o‘simlikning uchta nuqtasidan analiz olinadi. Shundagina natija aniq chiqishi mumkin. Darvoqe, mazkur maxsus moslama har bir nuqtadan olingan analizning o‘rtacha miqdorini chiqarib beradi. Agar umumiy ko‘rsatkich 40 dan past bo‘lsa, demak o‘simlik ozuqaga talabchan bo‘ladi.

Manzil qo'shish

Fikr-mulohaza so'rovi shakli