
07.03.2022
“Ifoda Agro Kimyo Himoya” MCHJ QK “AGROPRO - 2022” ko‘rgazmasida
2-4 mart kunlari Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi “SOF EXPO SAMARQAND” ko‘rgazmalar majmuasida “Qishloq xo‘jalik texnikalari va texnologiyalari – AGROPRO 2022” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada yuzdan ortiq mahalliy va xorijiy kompaniyalar, saksonga yaqin qishloq xo‘jalik texnikalari, Turkiya, Xitoy kompaniyalari vakillari ishtirok etishmoqda.

Ko‘rgazmada qishloq xo‘jalik texnikalari, agregatlar va qo‘shimcha qismlar, intensiv sug‘orish tizimlari, issiqxona qurilmalari, chorvachilik, quyonchilik, asalarichilik, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, eksport, mineral o‘g‘it, vitaminlar, meva va manzarali daraxtlar, uzum ko‘chatlari, veterinariya preparatlari, urug‘chilik namunalari, qishloq xo‘jalik texnikalari namoyish etilmoqda.

Shuningdek, eksportyorlar, qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatadigan o‘quv kurslari, bank va lizing tashkilotlari ham o‘z xizmatlarini taklif etmoqda.

Ushbu ko‘rgazmada “Ifoda Agro Kimyo Himoya” MCHJ qo‘shma korxonasi ham o‘zlarining o‘simliklarni himoya qilish vositalari hamda tomchilatib sug‘orish tizimida qo‘llaniladigan turli texnologiyalari bilan ishtirok etishmoqda.