
30.05.2022
“Ifoda Agro Kimyo Himoya” MCHJ QK yana bir ko‘rgazmada ishtirok etdi
14 aprel kuni Toshkent viloyati Agroxizmatlar markazi(AKIS)da Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi tomonidan aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, uy sharoitida dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, urug‘chilik, ko‘chatchilik, gulchilik sohalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
O‘quv trening doirasida Germaniya Federativ Respublikasidan tuproqning 19 ta tahlilini 3 daqiqada amalga oshirish imkoniyatiga ega yangi “STENON” innovatsion texnikasi keng jamoatchilikka tanishtirildi.
Mazkur seminarda “Ifoda Agro Kimyo Himoya” MCHJ qo‘shma korxonasi ham o‘zining o‘simliklarni himoya qilish vositalari, preparatlari hamda tomchilatib sug‘orishda ishlatiladigan turli texnik vositalari bilan ishtirok etdi.