“IFODA” BILAN HAMKORLIK QILUVCHI FERMER “O‘ZBEKISTON QAHRAMONI” UNVONIGA LOYIQ KO‘RILDI!

26.08.2021

160

“IFODA” BILAN HAMKORLIK QILUVCHI FERMER “O‘ZBEKISTON QAHRAMONI” UNVONIGA LOYIQ KO‘RILDI!

Buxoro viloyatidagi “Madaniyat Muhammad Ismat” fermer xo‘jaligi boshlig‘i Muhammad Ahmedov kuni kecha prezidentimiz tomonidan “O‘zbekiston qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi. Quvonarlisi shundaki, ushbu fermer bir necha yildan buyon “Ifoda” bilan hamkorlik qilib keladi. Shunday ekan, bu qisman kompaniyaning yutug‘i hamdir.  

Darhaqiqat, inson bu dunyoda halol mehnati, peshona teri bilan qadr topadi. Buxoro viloyatida halol mehnati evaziga el oldida obro‘ topgan, mahalladoshlari orasida hurmat qozongan Muhammad Ahmedov 40 yildan ortiq dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Muhammad aka yerni juda sevadi. Shundanmi sira charchoq nimaligini bilmaydi. Bir kuni yo‘qki, dalaga chiqib ishlamagan, hosilini ko‘zdan kechirmagan bo‘lsa. Ko‘p yillardan beri astoydil xizmat qilib, xalqimizga g‘alla, paxta yetishtirib, el dasturxonining to‘kin bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Albatta fermerning bunday kamtarona xizmatlari mukofotsiz qolgani yo‘q. 2017 yilda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Undan avval esa, “Mehnat shuhrati” ordeni va “Shuhrat” medali bilan ham mukofotlangan. Mana bugun esa yana-da yuksak mukofot sohibiga aylandi. 

“Madaniyat Muhammad Ismat” fermer xo‘jaligi ko‘p tarmoqli bo‘lgani bois, dehqonchilikdan tashqari asalarichilik, baliqchilik, chorvachilik bilan ham shug‘ullanib keladi.

Manzil qo'shish

Fikr-mulohaza so'rovi shakli