“Ifoda drip” sug‘orish tizimi bog‘dorchilikda qanday qo‘llaniladi?

12.05.2021

165

“Ifoda drip” sug‘orish tizimi bog‘dorchilikda qanday qo‘llaniladi?

Bog‘dorchilik, dala ekinlari guruhidan tubdan farq qiladi. Dalani sug‘orish ancha oson. Tez o‘rganish mumkin. Dehqonlarimizning o‘zlari ham uddalay olishadi. Lekin bog‘dorchilikda tomchilatib sug‘orish tizimlarini qo‘llash birmuncha qiyinchilik tug‘diradi.

Jumladan, tokzor yoki olma bog‘larini oladigan bo‘lsak, ikkalasini sug‘orishda juda katta farq bor. Chunki biz dastlab ularning ildiz tuzilishini bilmog‘imiz lozim. Qayerda, qanday ildiz otadi, bu ildizlarning nimaga ehtiyoji bor? Bu savollarning javobini bilgach, shunga ko‘ra o‘g‘itlab, sug‘orishimiz lozim.

Masalan, uzumni olaylik. Uzumda birgina yo‘lak orqali, oz suv sarflab sug‘orish mumkin. Nima uchun? Chunki uzum kam suvni yaxshi ko‘radi. 2 marta sug‘orish bilan tugatsa bo‘ladi. Olma esa, shoxlovchi, uzoq umr ko‘ruvchi daraxt bo‘lganligi uchun bitta yo‘lak tortishimiz foyda bermaydi. Kamida ikkita yo‘lak tortish lozim: ham o‘ng, ham chap tarafdan. Har yili ular orasidagi masofani kattalashtirish kerak. Chunki daraxt kattalashgani sari o‘z gavdasini mustahkam tuta olishi uchun ildizlari har yonga keng yoyilib ketadi.

O‘simlikka beradigan suvimiz nozikildiz deb ataluvchi 3 ta nuqtaga yo‘nalishi lozim. Daraxt mineralni ham, suvni ham shu nuqtalardan oladi. Bu yerda bizning maqsadimiz o‘g‘it va suvni kerakli vaqtda, to‘g‘ri shaklda bera olish, o‘simlikni stress holatiga solmaslikdir. Men baʼzi yerlarda anor bog‘larini ko‘rdim. Bu bog‘lardagi eng katta muammo – mevalarning yorilishi. Mevalar yorilishi tufayli 1 yillik mehnat bekor ketyapti. Hosil olinmaganligi uchun foyda ham yo‘q. Buning 2 ta sababi bor. Yoki ko‘p suv berish, yoki kam suv berish mevaning yorilishiga olib keladi.

Ahmet Sunar,

“Ifoda drip” tomchilatib sug‘orish tizimi bo‘yicha mutaxassis

Manzil qo'shish

Fikr-mulohaza so'rovi shakli