
02.04.2021
“IFODA” KOMPANIYASI MAHSULOTLARI QO‘SHNI DAVLATLAR EʼTIBORINI HAM TORTMOQDA
1 aprel kuni To‘raqo‘rg‘on madaniyat markazida Namangan viloyati hamda Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalari ishtirokida “Biznes forum” bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada Namangan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov hamda Jalolobod viloyati gubernatori Absattar Sirgabayev boshchiligidagi delegatsiya Namangan erkin iqtisodiy zonasida joylashgan trikotaj matolarini bo‘yash va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Chust textile” XK hamda o‘simliklarni himoya qilish vositalari va murakkab mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi “IFODA AGRO KIMYO HIMOYA” MCHJ korxonalarining mahsulotlari bilan tanishdilar.

Ayniqsa, “IFODA” kompaniyasi mahsulotlari delegatsiya aʼzolarida katta tassurot qoldirdi.