“IFODA” KOMPANIYASI PREPARATLARIDAN YUQORI HOSIL KO‘ZLAGANLAR

24.02.2021

167

“IFODA” KOMPANIYASI PREPARATLARIDAN YUQORI HOSIL KO‘ZLAGANLAR

Dehqonlar bilan muntazam ishlash borasida surxondaryolik agronomlar yetakchilikni qo‘ldan bermay kelishmoqda. Ular erishgan ijobiy natijalar “IFODA” kompaniyasining boshqa viloyatlaridagi agronomlari uchun ham yaxshigina o‘rnak bo‘lajak. Xususan, kuni kecha Gulsora Xolboyeva boshchiligidagi agronomlar guruhi Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida bo‘lib, bug‘doy hamda paxta yetishtirishga mo‘ljallangan “Gold Imronbek” fermer xo‘jaligi dala maydonini ko‘zdan kechirishdi.

18 gektar yerga g‘alla, 15 gektar yerga g‘o‘zaa ko‘chatini ekkan mazkur fermer xo‘jaligi 2-3 yildan buyon “IFODA” kompaniyasi mahsulotlaridan foydalanib keladi. 10 fevralda ekin unib chiqqanidan so‘ng IFO PZN hamda Anka Super preparatlarini sepishni tavsiya qilgandik. Hozirgi kunda ekin holati judayam yaxshi. 8-10 tagacha tuplagan. Vaziyatni o‘rganib mart oyida begona o‘tiga Entostar plyus, boshoqli o‘tiga Entopik, zang kasalligiga Top krop preparatlarini qo‘llashni tavsiya qildik. Agar ko‘rsatmalarga to‘liq rioya etilsa, kutilganidek, gektariga 70-80 sentnerdan hosil olish mumkin, – deydi agronom Gulsora Xolboyeva ekinlar holati haqida.

Manzil qo'shish

Fikr-mulohaza so'rovi shakli