
07.05.2021
“IFODA” PREPARATI KO‘RSATGAN NATIJA
G‘o‘za paykallarida begona o‘tlar tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Chunki begona o‘tlar ildiz tizimi g‘o‘zaning ildiziga nisbatan tez o‘sib, namlik va ozuqani bir necha marta ortiqcha o‘zlashtiradi.
Buni yaxshi anglagan “IFODA” kompaniyasi agronomlari Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanidagi Mirsaidxon dalasi fermer xo‘jaligi 6 gektar yeriga tarqalgan mastak, suli, oq bosh kabi bir yillik ikki pallali begona o‘tlarga karshi Entoraygras preparati bilan ishlov berib, samarasini fermer xo‘jaligi rahbariga ko‘rsatib berishdi.

Mutaxassislar g‘alla kelgusida barq urib rivojlanishi uchun gektariga 1 kg Entomikro preparati hamda zang kasalligiga qarshi Top krop ishlatishni ham tavsiya etishdi.
Maʼlumot o‘rnida aytadigan bo‘lsak, begona o‘tlar g‘o‘za maydonida suvning ortiqcha sarflanishiga ham olib keladi.