IFODA - SINALGAN HAMKOR

25.06.2020

163

IFODA - SINALGAN HAMKOR

Bu yilgi noqulay ob-havo sharoiti buxorolik mirishkorlarga ham qiyinchilik tug‘dirmay qolmadi. Biroq shunga qarmay, omilkorlik, tadbirkorlik va agrotexnik ishlovlarni to‘g‘ri olib borish evaziga g‘o‘za nishonalari ancha yaxshi rivojlangan. Har xolda viloyatning Jondor tumanidagi “Nurillo Ubaydullo” fermer xo‘jaligiga qarashli paxta dalalaridagi g‘o‘zalarni ko‘rgandagi xulosamiz shunday. Xo‘jalik rahbari Tolmas Fayzullayevning taʼkidlashicha, bu yil ob-havo noqulay kelganligi sabab 2-3 marta ko‘proq ishlov o‘tkazishga to‘g‘ri kelgan. Ifoda kompaniyasining agronom mutaxassislari bilan maslahatlashib, o‘simlikni durkun rivojlanishi uchun zarur kimyoviy vositalarni berib borgan. 

 

– Shukrki, g‘o‘zamizning hozirgi holati ancha yaxshi, – deydi T. Fayzullayev. – Agronom Jamshid akaning bergan tavsiyalariga amal qilib, kerakli kimyoviy vositalarni o‘z vaqtida qo‘llash orqali shu natijaga erishib turibmiz. “Ifoda” bilan bir yil ishlagan dehqon albatta bu kompaniya bilan hamkorlik qilish istagi tug‘iladi. Chunki yuqori hosil, yaxshi daromad olish kimga ham yoqmaydi deysiz?! 

Buxoroning iqlim sharoiti biroz quruq va issiq. Ekinga yaxshilab qaramasa, agrotexnikani to‘g‘ri olib bormasa, biror narsaga erishish qiyin. Mehnat esa, bular ichida eng asosiy omil. “Ha endi, mehnat bilan yer ko‘karadi-da. Biz buni yaxshi bilamiz, shuning uchun mehnatdan qochish yo‘q” deydi fermer, kamtarona. Kunning ayni issig‘ida ham dalada ish qizg‘in borayotganiga guvoh bo‘ldik. Mahallaning bir nechta ayollari bu yerda chopiq ishlarini olib bormoqda ekan. Ulardan birini suhbatga tortamiz.

–  Bu fermer xo‘jaligida 4-5 yildan beri mavsumiy ishlab kelaman, – deydi ishchi ayol Zebo Teshayeva. – Hosilni har yili yaxshi oladi. Mana shu hosillarda bizning ham oz bo‘lsada, hissamiz qo‘shilayotganidan hursandmiz. Hech bo‘lmasa shu orqali davlatimizga foydamiz tegayapti-ku, to‘g‘rimi?! Shunday ekan ketmon ko‘tarishdan aslo uyalmaymiz, mehnat qilishdan charchamaymiz. 

Zebo opaning bu samimiy so‘zlari kelgusida dalalarda mehnat qilayotgan mana shunday ayol-qizlarimiz uchun alohida dasturlar ishlab chiqishga chorlashi tabiiy.

Manzil qo'shish

Fikr-mulohaza so'rovi shakli