KOMPANIYA TOLA QUVVATDA ISHGA TUSHDI

29.11.2019

119

KOMPANIYA TOLA QUVVATDA ISHGA TUSHDI

Kuni kecha kompaniyamizning Namangan viloyatida joylashgan zavodi to‘la quvvatda ishga tushirilishi munosabati bilan ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Respublikadagi soha mutasaddilari, tarmoq vazirlik va idoralar masʼullari, “O‘zagrokimyohimoya” AJ va Namangan viloyat hokimligi rahbariyati, xorijiy hamkorlar shuningdek, yurtimizning eng ilg‘or dehqonu fermerlari, agroklasterlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Marosimda alohida tilga olingan jihat shu bo‘ldiki, Prezidentimiz 2017 yil Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida mazkur zavod faoliyati bilan tanishib, uning ishlab chiqarish quvvatini yana-da oshirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni shu zavodning o‘zida tayyorlashni yo‘lga qo‘yish tbo‘yicha o‘z tavsiyalarini bergan edilar. Bundan ruhlangan kompaniya jamoasi 2 yil mobaynida korxonani ilg‘or uskunua hamda eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozladi va xorij mahsulotlari o‘rnini bosa oladigan, qolaversa, Yevropa standartlari asosida mahsulot tayyorlashni keng yo‘lga qo‘ydi.

 

Yangi bosqichda va maksimal quvvatda ish boshlagan zavodning ochilish marosimida ramziy lenta kesilgach, mehmonlar guruhlarga bo‘lingan holda korxona ishlab chikarish majmuini ko‘zdan kechirishdi

Tadbirdan olingan taassurotlar ko‘p bo‘ldi. Avvalo, bu marosim bayramona ruhda tashkil etilgani, turli kuy-qo‘shiqlar, raqs va konsert  uyushtirilgani hamda mehmonlar uchun ajoyib dasturxon yozilgani barchaga manzur bo‘ldi. Tadbir davomida ilg‘or fermer va dehqonlar, faol agronomlar, yetakchi mutaxassis va bir qancha ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Yig‘ilganlarga kompaniyaning yaqindagina tashkil etilgan “IFODA” jurnalining ilk soni tarqatildi. Umuman olganda, tadbir bayramdek o‘tdi. Tashrif buyurganlar esdalik uchun ajoyib suratlar bilan ushbu kunni xotiralariga muhrlashdi. Keling yaxshisi,  tadbirning iliq va hayajonli onlarini suratlarda кўринг....

 

 

 

Manzil qo'shish

Fikr-mulohaza so'rovi shakli