Kompaniya xodimlari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi

11.01.2018

131

Kompaniya xodimlari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi

«IFODA AGRO KIMYO HIMOYA» masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan xodimlar malakasini oshirish va ular salomatligini tiklash borasida har yili aniq chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, jamiyatning strategik rejalashtirish dasturiga muvofiq 2017 yil mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va xodimlarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish bilan kelgusida mijozlarga sifatli va samarali xizmat ko‘rsatilishini taʼminlash maqsadida joriy yilning 24-31 oktyabr kunlari Toshkent shahrida jamiyat xodimlari va kelgusida ishga qabul qilish uchun lavozimlarga zahiraga olingan nomzodlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatiga qarashli sanatoriy-profilaktoriyda o‘tkazilgan 8 kunlik o‘quv mashg‘ulotiga 38 nafar filial menedjerlari hamda yangi tashkil etiladigan filiallarga va hudud agronomi lavozimlariga zahiraga olingan 23 nafar nomzodlar o‘z bilimlarini oshirish bilan bir qatorda davolanish muolajalarini ham oldilar.

O‘quv mashg‘ulotlarda jamiyatda joriy etilgan ISO 9001:2008 sifat boshqaruv tizimi haqida, jamiyatda yuritiladigan asosiy xujjatlar ro‘yxati, ichki mehnat tartibi qoidalari, lavozim majburiyatlari, xujjatlarni yuritilishi bo‘yicha qabul qilingan meʼriy – huquqiy asoslar, ish jarayonida xodimlarga qo‘yiladigan asosiy talablar, jamiyatning asosiy ish faoliyati, o‘simliklarni himoya qilish va ularda eng ko‘p uchraydigan kasallik, zarakunanda va hashoratlarga qarshi kurashish usullari, preparatlarni amaliyotda qo‘llash, saqlash va tashish qoidalari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi, sanitariya-gigiyena qoidalari, chakana va ulgurji savdo xamda shartnomaviy munosabatlarning asosiy qoidalari, paxta, g‘alla, poliz ekinlarini zararkunandalardan asrash hamda kasalliklarga qarshi kurashish usullari, bog‘dorchilik, urug‘chilik hamda issiqxonalarga kimyoviy usulda ishlov berish, agrotexnika tadbirlari, jamiyat tomonidan sotiladigan preparatlar turlari va uarni qo‘llash tartib-qoidalari bo‘yicha maʼruzalar tinglandi. Shuningdek, filial menedjerlari uchun “1S-Buxgalteriya» dasturi asoslari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘ulotlari yakunida tinglovchilarning bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Mavsum yakuni bo‘yicha xodimlar faoliyatini baholash mezonlari bo‘yicha olingan baholar hamda o‘quv mashg‘uloti yakunida to‘plangan ball ko‘rsatkichlari asosida xodimlarni 3 ta toifalar(1-,2- va 3-)ga ajratish tartiblari tushintirildi.

Manzil qo'shish

Fikr-mulohaza so'rovi shakli