“NAMANGAN AGRO LOGISTICS” MARKAZI BILAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

19.06.2020

182

“NAMANGAN AGRO LOGISTICS” MARKAZI BILAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Namangan viloyati Pop tumanidagi “Namangan agro logistics” markazi o‘tgan yili 8 iyunda ishga tushirilgan edi. Bundan maqsad yetishtirilayotgan bir-biridan sarxil qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zamonaviy uslubda saqlash, yaʼni, saralash, quritish, muzlatish, qadoqlash va mahsulotlarni chet elga eksport qilish.  Albatta biror bir korxonani ishga tushirish, uning faoliyatini yo‘lga qo‘yishning o‘zi bo‘lmaydi. Buning uchun tinimsiz izlanish, rivojlanish yo‘lidan borish, hamkorlik masalalarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish juda muhim.

Shu maqsadda “Namangan agro logistics” markazi “Ifoda” kompaniyasi mutaxassislari va “Agromedia Uz” bilan hamkorlik yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv mobaynida marketing, media rejalar, loyihalashtirish, shuningdek, sug‘orish tizimini ishga tushirish va xizmat ko‘rsatish sifatini yana-da yaxshilash borasida o‘zaro muzokaralar olib borildi. Bundan tashqari xorijiy hamkorlar ishtirokida videoko‘prik orqali faoliyat olib borishga kelishib olindi. Tashrif buyurganlar korxonaning umumiy faoliyati, hududi va ish jarayoni bilan batafsil tanishishdi.

Maʼlumot o‘rnida aytib o‘tish kerak, tashkil etilgan ushbu logistik markazda soatiga 6 tonna olma, shaftoli, o‘rik va soatiga 2 tonna gilos mahsulotlarini saralash hamda qadoqlash imkoniyatlari mavjud.

Manzil qo'shish

Fikr-mulohaza so'rovi shakli