NAMANGANLIK MIRISHKORLAR: “BU MAVSUMDA 100 SENTNERDAN HOSIL OLISHNI KO‘ZLAGANMIZ”

15.06.2020

137

NAMANGANLIK MIRISHKORLAR: “BU MAVSUMDA 100 SENTNERDAN HOSIL OLISHNI KO‘ZLAGANMIZ”

“Dehqon ishlab don sochar, el-yurtiga non sochar” deydi dono xalqimiz. Darhaqiqat, shunday. Yurtimizdagi mirishkorlar ayni kunlarda mana shu sochilgan donni yig‘ib olish payidalar. Qilgan mehnati, tadbirkorligi, omilkorligiga qarab kimdir 50 sentner, kimdir esa, 60-70, boringki ana 80 sentnerni mo‘ljal qilib qo‘ygan. Ammo Namangan viloyati Uychi tumanidagi “Umrzakov Jahongir” fermer xo‘jaligi rahbari Doniyorjon Ismoilov bu mavsumda oz emas, ko‘p emas naq 100 sentner hosil olishni chamalab turibdi. Albatta bu raqamni aytish faqat og‘izdagina oson, biroq buning mehnati, mashaqqati esa yolg‘iz dehqonning o‘ziga ayon. 

Doniyor aka salkam 15 yildirki, fermerlik bilan shug‘ullanib keladi. Shu vaqt mobaynida dehqonchilikning barcha sir-sinoatini puxta o‘zlashtirgan, uning qiyinchiliklari, og‘irliklarini yaxshi tushunadigan inson. Mubolag‘aga yo‘ymasangiz aytamiz, bu kabi mirishkorlarni yerning haqiqiy ilmdori deb atash mumkin. Sababki, har yili paxta deysizmi, g‘alla deysizmi, xullas, hosildorlik uchun belgilangan rejani ortig‘i bilan bajarib, el-yurt xirmoniga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Hozirgi uning g‘alla maydonini ko‘rsangiz, bunga o‘zingiz ham guvoh bo‘lasiz. G‘alla bo‘ylari yetilgan, har bir boshoq bo‘liqqina, eng muhimi hosil serunum. Hatto dalada biror begona o‘t bo‘ylaganini uchratmaysiz. Buning sababini fermer quyidagicha izohlaydi:

–Ko‘pchilik hosilning yaxshi bo‘lishi ob-havoga, yaʼni mavsumning qanday kelishiga bog‘liq deyishadi. To‘g‘ri, bu gapda ham jon bor, lekin qo‘l qovushtirib o‘tirmasdan tinimsiz mehnat, harakat qilish, har bir agrotexnik tadbirni o‘z vaqtida va meʼyorida olib borish, qolaversa, kasallik hamda zararkunandalarni vaqtida aniqlab, ularga qarshi kerakli choralarni ko‘rish orqali ham sifatli va samarali hosildorlikka erishish mumkin. Albatta buning uchun tajribali, malakali agronom mutaxassislarga ehtiyoj tug‘iladi. Bu borada Ifoda kompaniyasi bilan bir necha yillardan beri hamkorlikni yo‘lga qo‘yganmiz. Mana shu ko‘rib turgan 18 gektarli dalada ham bug‘doy ekilishidan to pishib yetilgungacha bo‘lgan davrda Ifoda bilan birgalikda ishlaganmiz.

Fermerning taʼkidlashicha, bug‘doy urug‘ini yerga qadashdan oldin IFO SEED preparati bilan yaxshilab ishlov ishlov o‘tkazilgan. Bu urug‘ning yaxshi va to‘liq unib chiqishi, turli kasallik hamda stress holatlarning olidini olishda katta yordam bergan. Shundan so‘ng erta bahorda oziqlantirish maqsadida IFO PZN, IFO UAN-32 va VL-77 preparatlarini qo‘llashgan. Bundan tashqari begona o‘tlarga qarshi ENTOSTAR, ENTOPIK kimyoviy vositalaridan foydalanishgan. Shuningdek, zang kasalligiga qarshi  TOP KROP preparatidan ishlatishgan. Stimulyatorlardan esa IFO GUMATE PLUS vositasini qo‘llagan.

  • Ifoda agronomi Otabek aka har 10-15 kun oralatib dalamizga keladi. O‘simlik ahvolini, holatini ko‘radi, o‘rganadi, – deydi fermer D. Ismoilov. – Qanday kasallik yoki zararkunanda uchrashi kuzatilyapti, ularga qarshi qanday ishlovlar o‘tkazish kerak yoki qanday oziqlantiruvchi vositalarni berib borish kerak, bularning hammasi haqida aniq tavsiyalarni berib keladi. Ham mushkulimiz oson bo‘lyapti, ham yuqori hosildorlikka erishib kelyapmiz. Albatta biz bundan judayam hursandmiz.

 

Ijodiy jamoamiz bilan Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida ham bo‘ldik. Tumandagi “Mehnatobod-Dehqonobod” MFYga qarashli “Botirjon Bobirbek” fermer xo‘jaligi bilan tanishdik. Buni qarang, ushbu mahalla nomi ham go‘yoki bu yerdagi fermerlarga, dehqonlarga o‘zaro hurmat-izzat maʼnosida, yaʼni “mehnat ila obod bo‘ladi, dehqonlar obod qiladi” deya qo‘yilgandek. Chindan ham yurtni obod qiladigan, xalq rizqini, el dasturxonini to‘kin qiladigan shu mirishkorlar aslida.

“Botirjon Bobirbek” fermer xo‘jaligi tashkil topganiga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q. Biroq shu vaqt mobaynida Ifoda kompaniyasi bilan hamkorlik qilib, yildan-yilga hosilni oshirib kelmoqdalar. Ushbu xo‘jalik ham bu mavsumda 100 sentner hosil olishni ko‘zlab turibdi. 

  •  Mana shu dalamizga urug‘ni yerga qadaganimizdan boshlab 5 etapda ishlov o‘tkazdik. Barchasi samarali bo‘ldi, – deydi “Botirjon Bobirbek” f/x rahbari G‘ulomjon Begmatov. – Eng muhim jihati urug‘lik donni dorilab ekishda ekan. O‘simlik biror kasallikka chalingani yo‘q, 100 foiz unib chiqdi. Bundan tashqari oziqlantiruvchi, turli kasallikka va zararkunandalarga qarshi qo‘llagan preparatlarimiz ham samarali bo‘ldi. Bilamizki, erta bahordan g‘alla fosforga talabchanligi yuqori bo‘ladi.  IFO PZN esa bunda juda qo‘l keldi. Bu o‘simlikning o‘sishiga, o‘zini tutib olishiga yaxshi yordam berdi.

Darhaqiqat Respublikamizda mana shunday namanganlik fermerlar kabi yuqori hosilga erishib kelayotgan, shu orqali yurt forovonligi, el xirmoniga katta hissa qo‘shayotgan dehqon va mirishkorlarimiz talaygina. Barchasining hosili mo‘l bo‘lib, xalqimizga baraka yog‘ilaverishini tilab qolamiz.

Erali NORBEKOV

Manzil qo'shish

Fikr-mulohaza so'rovi shakli