O‘SIMLIK BOLADEK GAP, UNGA MEHR VA EʼTIBOR KERAK!

13.07.2020

154

O‘SIMLIK BOLADEK GAP, UNGA MEHR VA EʼTIBOR KERAK!

Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi “G‘ulom Qodir” fermer xo‘jaligiga qarashli paxta dalasidagi g‘o‘zalar ancha yaxshi rivojlangan. Hozirda har bir g‘o‘zada o‘rtacha 7-8 tadan ko‘sak mavjud. Bu kelgusida kamida 40-45 sentner hosil olish mumkin degani. Aslida fermer bundan ham ortiq hosil olishni mo‘ljal qilsa bo‘ladi. Negaki, chigitni yerga qadaganidan boshlab hozirgi kunga qadar Ifoda kompaniyasi agronomlari bilan hamkorlikda ish yuritib, g‘o‘za parvarishi, hosilni oshirish, kasallik hamda zararkunandalarga qarshi kurashishda zarur ishlovlarni o‘tkazib kelmoqda. 

Xususan, dastlab chigit turli kasallik va stresc holatlardan asrash, yaxshi rivojlanishini taʼminlash maqsadida IFO SEED preparati bilan dorilab ekilgan. Shundan so‘ng o‘simlik unib chiqib, 5-7 chinbarg chiqargandan keyin oziqlantiruvchi vositalar, POTEX, ZEREBRO AGRO o‘g‘itlari ishlatilgan. 

– Bu preparatlar o‘simlikning rivojlanishiga judayam yaxshi taʼsir ko‘rsatdi, – deydi agronom Javlonbek Bo‘taboyev. – Navbatdagi ishlovimiz shonalash davriga to‘g‘ri keldi. Bunda IFO UAN, BIGUS va ANKA SUPER kimyoviy vositalarini qo‘lladik. Oxirgi ishlovimizda esa, tarkibida oltingugurt moddasi bo‘lgan IFO SERA preparati bilan oziqlantirdik. Hozirda holati yaxshi. Bundan so‘ng 70-80 % ko‘sak chiqarganda, IFO KALIFOS, IFO AMINOMAKS preparatlari bilan ishlov o‘tkazamiz deb turibmiz.

Xo‘jalik rahbari Mamatrasul aka bu mavsumda har yilgidanda yerga ko‘proq mehr berayotgani, ekinga yaxshiroq qarayotganini taʼkidlaydi. Sababi qishning o‘z vaqtida kelmagani va erta bahorning seryog‘in kelishi bir qancha kasallik va zararkunandalarning rivojlanishiga zamin yaratgan.

– Bu yil hosilimiz ancha yaxshi bo‘lyapti. Bug‘doydan ham belgilangan rejani ortig‘i bilan bajardik, endigi navbat paxtaga, – deydi “G‘ulom Qodir” fermer xo‘jaligi rahbari Mamatrasul Otaxonov. – 40 yildan ortiq shu sohada tajribam bor. O‘zim agronom bo‘lib ham ishlaganman. Endi o‘simlik bu boladek gap-da. Yaxshi qarov, eʼtibor, qolaversa, mehr talab qiladi. Shu mehrimizni shuncha yildan beri yerga, ekinga berib kelyapmiz, shukr, kam bo‘lganimiz yo‘q. 

Fermerning mana shunday ko‘p yillik samarali mehnati va faoliyatini davlatimiz rahbari ham munosib taqdirladi: 2017 yilda “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

👉@ifodapaxtagalla

👉@bogdorchilikifoda

👉@issiqxonaifoda

👉@ifodaagroconsulting

Manzil qo'shish

Fikr-mulohaza so'rovi shakli