PIYOZ SOTISHGA TAYYOR, DEHQONNING ESA BOSHI OSMONDA!

12.05.2021

153

PIYOZ SOTISHGA TAYYOR, DEHQONNING ESA BOSHI OSMONDA!

Bu yil O‘zbekistonda ertagi piyoz uch hafta avval sotuvga chiqqani haqida avval xabar bergan edik. Bugun esa mana shunday ertagi piyozni yetishtirib, allaqachon bozorga olib chiqayotgan bir dehqonning muvaffaqiyati siri bilan tanishamiz.

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida 1 gektar yer maydoniga ega bo‘lgan fermer Bekzod Xolto‘rayev piyozni ekishdan boshlab toki hosil olgunga qadar bo‘lgan barcha jarayonda “Ifoda” kompaniyasi agronomi Baxtiyor Isroilov tavsiyalariga tayanib ish tutdi.

Agronom piyoz ekilgan ekin maydoniga IFO PZN, Anka super, Wuxal makromiks, Zerebra agro preparatlarini qo‘llagan holda vaqti-vaqti bilan 7 marta ishlov o‘tkazishni maslahat berdi. Bahamjihat amalga oshirilgan parvarish o‘zining ijobiy natijasini bermasdan qolmadi.

“Ifoda” kompaniyasining kimyoviy vositalari, o‘g‘itlar samaradorligi yuqori bo‘lganligi sababli bugungi kunda piyoz sotishga tayyor bo‘ldi. Bundan yer egasi Bekzod Xolto‘rayevning boshi osmonda.

Manzil qo'shish

Fikr-mulohaza so'rovi shakli