
31.03.2021
PREZIDENTGA MAʼQUL TAKLIF
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida tashkil etilgan O‘zbekiston–Vengriya Kartoshkachilik ilmiy markaziga tashrif buyurdi.
Ushbu ilmiy muassasa Vengriya qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti bilan hamkorlikda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi negizida tashkil etilgan.

Mehmonlar fermerlar uchun tashkil etilgan agroxizmatlar markazi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida qo‘llanilayotgan texnika va texnologiyalarni ham ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida mazkur agroxizmatlar markazini boshqarish uchun maslahatchi sifatida taklif qilingan Muhammed Sedat Qoljuo‘g‘lu va bir qator chet ellik mutaxassislar qishloq xo‘jaligida qo‘llanilayotgan yangi texnologiyalar, kerakli mutaxassislarni jalb qilgan holda zaruriy bilimlarga ega, salohiyatli kadrlarni tayyorlash uchun universitet, ilmiy-tadqiqot institutlari, qishloq xo‘jalik vazirligi va xususiy sektorni umumlashtirgan holda yaxlit tizim yaratish borasida o‘z amaliy takliflarini taqdim etishdi va bu loyiha prezident tomonidan maʼqullandi.
Manba: Daryo.uz