SURXONDARYODA BOZORNING ENG OLDI OLMALARI YETISHTIRILMOQDA

02.07.2020

162

SURXONDARYODA BOZORNING ENG OLDI OLMALARI YETISHTIRILMOQDA

Yurtimizning janubiy o‘lkasi Surxondaryo vohasida ekin yetishtirish boshqa hududlarga nisbatan biroz murakkab. Sababi bu o‘lkada zararkunanda, kasallik va begona o‘tlarning barcha turini uchratish mumkin. Shuning uchun surxonlik fermer va dehqonlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirayotganda doimiy hushyor va ogoh bo‘lishadi. 

Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi “Shashmohkashob Agrosanoat” fermer xo‘jaligiga qarashli mazkur 20 gektarli intensiv bog‘ 2011 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bu yerdagi olma ko‘chatlari Turkiya davlatidan keltirib ekilgan. Yuqorida taʼkidlaganimizdek, bu bog‘ni yaratish, ko‘chatlarni o‘stirish va ularni kasallik, zararli omillardan himoya qilishning o‘zi bo‘lmagan. Bog‘ tashkil topgandan buyon barcha ishlarda ishtirok etgan, agrotexnik tadbirlarda faol qatnashgan xo‘jalik agronomi Asliddin Davlatovning so‘zlariga ko‘ra, “Ifoda” bilan hamkorlik unga katta yordam bermoqda.

– Ifoda kompaniyasi bilan ancha yillardan buyon birga ishlab kelamiz. Daraxtlarni oziqlantirishda, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishda, ayniqsa, begona o‘tlarni yo‘q qilishdagi hamkorlikdagi harakatimiz juda samarali bo‘lmoqda, – deydi A. Davlatov. – Bog‘bonlar yaxshi bilishadi, erta bahorda bog‘larda daraxtlar gullagandan so‘ng bakterial kuyish kasalligi keng tarqaladi. Buning vaqtida oldini olmasangiz, daraxt qurib qolish ehtimoli bor. Bunga qarshi “Ifoda” mutaxassislari IFO MIS ULTRA, FOSETAL, ZEROKS kabi preparatlarni tavsiya etishdi, shularni qo‘lladik. Shukr, hosilimiz yomon emas. Muhimi mevalarimiz sifatli bo‘lib yetilmoqda. 

Bog‘da boshoqli va keng yaproqli begona o‘tlarga ham vaqtida kurashilgan. Ularga qarshi ENTOGLIFOS kimyoviy vositasi ishlatilgan. Kasalliklarga qarshi tinim davrida ENTOXLOROK-85, ENTOXLOROK PLUS preparatlari qo‘llanilgan. Bundan tashqari kemiruvchi va so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi AGROFOS-D, AGROFOS EKSTRA, ENTOLUCHO kimyoviy vositalari sepilgan. 

– Olmaning asosiy kushandalaridan biri – bu olma qurti. Bunga qarshi kurashni erta bahordan boshlashimiz kerak, – deydi yetakchi agronom Alisher Mamatvaliyev. – Ko‘pchiliik o‘ylaydiki, olma gullab, 50 % gulini to‘kkandan so‘ng olma mevaxo‘riga qarshi kimyoviy ishlov o‘tkazish kerak deb. Bu uncha samaralimas. Agar biz bu kushandaga qarshi feromon-tutqichlardan ham foydalansak, natija yaxshi bo‘ladi. Bunga ilmiy yondoshadigan bo‘lsak ham aytish mumkinki, feromon olma qurti dalada paydo bo‘lganini aniqlab beradi. 4-5 dona kapalak tushgandan so‘ng, kimyoviy ishlovlarni o‘tkazish lozim. Shundagina zararkunandaga qarshi samarali kurashgan bo‘lamiz. 

“Shashmohkashob Agrosanoat” fermer xo‘jaligiga qarashli olma bog‘ida barcha zararli omillarga qarshi o‘z vaqtida kurashilmoqda. Erta indin olmalar g‘arq pishgan mahal bozorlarimizdagi eng oldi mevalar aynan shu bog‘dan yetishtirilgan bo‘lsa, ajab emas.

Manzil qo'shish

Fikr-mulohaza so'rovi shakli