SURXONDARYODA “PAXTA BAYRAMI” BO‘LIB O‘TDI

12.10.2020

168

SURXONDARYODA “PAXTA BAYRAMI” BO‘LIB O‘TDI

Dehqonchilik barchamizning hayotimiz bilan uzviy bog‘liq bir soha. Uning mashaqqati, mehnati qanchalik sharafli ekanini, shu bilan birga noni ham qanchalik shirin va totliligini ko‘pchiligimiz, ayniqsa, mirishkor dehqonlarimiz juda yaxshi bilishadi.

Ifoda kompaniyasi tomonidan mana shunday mehnatsevar soha vakillari uchun joylarda paxta yig‘im-terim mavsumi oldidan “PAXTA BAYRAMI” deb nomlangan tadbir uyushtirib kelmoqda. Shunday tadbirlardan biri Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani “Normat O‘rozali” fermer xo‘jaligida bo‘lib o‘tdi. Unda 100 dan ortiq fermerlar, klaster rahbarlari, tuman hokimi va sektor rahbarlari, agronomlar hamda kompaniyaning masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir boshlanishidan avval, tuman hokimi boshchiligida xo‘jalikka qarashli paxta dalasiga tushib, “oq oltin” terimiga “start” berildi. Shundan so‘ng uchrashuvda yig‘ilganlarga Ifoda kompaniyasining faoliyati, uning bugungi kunda qishloq xo‘jaligidagi o‘rni, erishgan yutuqlari va fermerlar uchun qiziq agronomik maʼlumotlar gapirib o‘tildi. Aytish mumkinki, kompaniya bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgan xo‘jaliklar soni bugun 30 ming nafardan oshib ketgan. Shuningdek, “Ifoda” mahsulotlari qo‘llaniladigan maydonlarning umumiy hajmi 2,5 mln gektardan ortiq. 

–  Yurtimizda biz, fermerlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan juda hursandmiz, – deydi “Shoxrux Faxriddinovich” f/x rahbari Ochilov Shoxrux. – Yurtboshimiz “fermer boy yashashi kerak” deb aytgan edilar. Lekin hosilni oshirmasdan turib, daromadni ham ko‘paytirib bo‘lmaydi. Ifoda kompaniyasi bilan hamkorlik qilib, bunga erishib kelmoqdamiz.

Tadbir davomida “Ifoda” bilan birga yetishtirib, muvaffaqiyatga erishib kelayotgan fermerlar, kompaniya tarkibida faol ishlab kelayotgan agronomlar va mutasaddi rahbarlarga faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Uchrashuv so‘nggida yig‘ilganlar ziyofat dasturxoniga taklif etildi. Esdalik uchun fotosuratlarga tushish ham esdan chiqmadi.

Manzil qo'shish

Fikr-mulohaza so'rovi shakli