Toshkent viloyatida tomchilatib sug‘orishga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi

20.02.2021

131

Toshkent viloyatida tomchilatib sug‘orishga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi

Toshkent viloyatida tomchilatib sug‘orishga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bToshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida yerlarni sug‘orishda zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan viloyat hokimi Davron Hidoyatov, hokim o‘rinbosarlari, paxtachilik tuman hokimlaridan iborat maxsus guruh hudud masʼullari bilan birgalikda suvni tejovchi zamonaviy texnologiyalarni ko‘zdan kechirishdi.

Prezidentimizning 2020 yil 11 dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yana-da jadal tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash, mazkur qarorning mazmun-mohiyati, unda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq vazifalar haqida ishtirokchilarga atroflicha maʼlumot berildi.

Tadbirda viloyat hokimi Davron Hidoyatov, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Uzoqov ham nutq so‘zladi. Tadbirga tashrif buyurgan fermer xo‘jalik rahbarlari o‘z g‘o‘za maydonlarida tomchilatib sug‘orish jarayonida ishlatadigan texnik uskunalar va tomchilatib sug‘orish orqali ekinga beriladigan mineral o‘g‘it va biostimulyatorlari bilan ishtirok etishdi.

Mazkur seminarda “IFODA” kompaniyasi ham o‘zining “IFODA DRIP” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan tomchilatib sug‘orish tizimi texnologiyalari hamda mineral o‘g‘itlari bilan ishtirok etdi.o‘lib o‘tdi

Manzil qo'shish

Fikr-mulohaza so'rovi shakli