“XO‘JAMUROD BOBO NABIRALARI” F/X YILDAN-YILGA HOSILDORLIKNI OSHIRIB BORMOQDA

26.06.2020

152

“XO‘JAMUROD BOBO NABIRALARI” F/X YILDAN-YILGA HOSILDORLIKNI OSHIRIB BORMOQDA

Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi “Xo‘jamurod bobo nabiralari” fermer xo‘jaligiga qarashli 50 gektarli paxta maydoni. Bu xo‘jalik Ifoda kompaniyasi bilan 3 yildan beri hamkorlikda faoliyat yuritib, o‘tgan yillar mobaynida 40 sentnerdan yuqori hosil olib kelmoqda. Bu yil ham g‘o‘za yetishtirishda birgalikda ishlov olib borilmoqda. Bu dalaga shu paytga qadar UAN-32, POTEX, IFO PZN, ENTOJEAN va ANKA SUPER preparatlari qo‘llanilgan. Hozirga kelib esa, dalada g‘o‘za qandalasi g‘imirlab qolishi mumkin. Bunga ENTOSPILAN kimyoviy vositasini qo‘llash ko‘zda tutilgan. Xo‘jalik rahbari bu mavsumda avvalgi yillardan ko‘ra ko‘proq hosil olishni mo‘ljallab turibdi.

– Xo‘jaligimizda kimyoviy ishlovlarni doimiy ravishda “Ifoda” bilan birgalikda olib boramiz. Agronom Gulsara opa dalamizga kelib, ko‘rib, tashhis qo‘yib, nima zarur bo‘lsa, shu bo‘yicha aniq tavsiyalarini berib ketadilar, – deydi “Xo‘jamurod bobo nabiralari” fermer xo‘jaligi rahbari Ahliddin Xo‘jamurodov. – Natijalari yaxshi, buni o‘zimiz ham sezyapmiz. Mana hozirgi kunda ham g‘o‘zalarimizda 10-11 tagacha hosil elementlari mavjud. 

Xo‘jalik rahbari yildan-yilga hosildorlikni oshirib borayotganini taʼkidladi. Bu mavsumda ham paxta hosilidan o‘tgan yilgiga nisbatan 5-10 sentner yuqorilatishni maqsad qilgan.

Manzil qo'shish

Fikr-mulohaza so'rovi shakli