YAXSHI DAM – MEHNATGA HAMDAM

21.12.2019

154

YAXSHI DAM – MEHNATGA HAMDAM

Har yili Ifoda kompaniyasining hududlardagi agronomlari, faol ish olib borgan xodimlari uchun qish mavsumida hordiq taʼtili tashkil etiladi. Bunda nafaqat dam olish, balki, agronom-mutaxassislar tajribasini yana-da oshirish maqsadida turli ilmiy-amaliy seminar-treningnlar, o‘quv mashg‘ulotlari, yil davomidagi ularning faoliyati tahlili, o‘zaro tajriba almashuvlar, shuningdek, har xil sport musobaqalari, bellashuvlar, xullas, maʼnaviy va madaniy hordiq bilan o‘tadi. Bu albatta ularning kelgusidagi ish faoliyatiga, jamoa jipsligiga ijobiy taʼsir qiladi.

Bu yil ham Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Chotqol” dam olish sihatgohida bir guruh kompaniya xodimlari madaniy hordiq chiqarishqdi. Kunlik reja asosida olib borilgan davolanish, muolaja jarayonlari, turli sayohatlar ancha manzur bo‘ldi. Ayniqsa, kunda kunora xodimlar o‘rtasida futbol, shaxmat-shashka o‘yinlaridan musobaqalar tashkil etilgani kunning mazmunli o‘tishini taʼminladi.

  • Dam olishlar zo‘r o‘tdi, tashkilotchilarga katta rahmat, – deydi Qoraqalpog‘iston Respubliksi agronomi G‘ofur Kichkenekov. – Kompaniyamizning mana shunday imkoniyatlari barchamizga juda maʼqul, birinchidan, hududlardagi barcha agronomlar bilan yana-da ahl bo‘lib ishlashimizga yordam beradi. Shu bohona bir-birimizdan o‘rganamiz, tajriba almashamiz. Bu yaxshi. Qolaversa, bunday imkoniyatlar kuchimizga kuch, shijoatimizga shijoat qo‘shishiga ishonaman.

Albatta, o‘zaro o‘quv mashg‘ulotlari ham esdan chiqqani yo‘q. Tajribali mutaxassislar V.Z. Toshbulatova, M. Usmonov, A. Xudoyberdiyev, turk agronomlari Jengiz Yalchin, Nakis Xokonlar ishtirokida seminar-treninglar o‘tkazildi. Shuningdek, hududlardagi agronomlar yil davomidagi kamchiliklar, erishgan yutuqlari va boshqa masalalarni bir-birlariga aytib, tajriba almashdilar.  Bundan tashqari Ifoda kompaniyasi direktori o‘rinbosari Fazliddin Ibragimov boshchiligida kelgusi yilda qilinadigan ishlar hamda rejalar haqida ham kelishib olindi.

Manzil qo'shish

Fikr-mulohaza so'rovi shakli