YERINGIZ EKIN EKISHGA TAYYORMI?

20.02.2021

140

YERINGIZ EKIN EKISHGA TAYYORMI?

Bahor yaqinlashib, ayni ekish mavsumi boshlangan paytda agronomlarga fermerlar tomonidan yo‘llanayotgan murojaatlar soni ham keskin oshib ketadi. Bunday paytda “IFODA” agronomlarining mobil telefonlari bir zum ham tinmaydi. Mijozlar savollarini eshitib, yeri bir gektar bo‘ladimi yoki 100 gektar, ajratmasdan barchasiga kerakli tavsiyalarni berib o‘tishadi, bizning agronomlar. Yeriga borib ko‘rib, o‘g‘it solish, suspenziya sepish, zararkunandalarga qarshi kurashish borasida qilinajak ishlarni retseptdek yozib, qo‘llariga tutqazib kelishadi. Bugun biz namanganlik agronom Oribjon Bazarovdan birrov hol so‘rab, uning mavsum oldidan yerni tayyorlash hamda ekin ekish borasidagi tavsiyalari bilan qiziqdik.

–        Qanday ekin ekilishidan qatʼiy nazar yer kuzda tayyorlangani yaxshi. Sababi, qishi bilan yog‘ingarchilik, muzlamalar yerga singadi. Yerning muzlagan qismlari muzini qo‘yib yuborganidan keyin mayin holatga kelib qoladi. Bu mayin yerning egatini olib, o‘g‘it bilan ishlov berib, ekin eksangiz, hosil mo‘l bo‘ladi. Kesakli joylarga ekilgan ekin yaxshi hosil bermaydi. Xalq tilida “Yer haydasang, kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda” degan maqol ham mavjud. Erta bahorda ekin ekiladigan bo‘lsa, uning ildiziga fosforli o‘g‘it solishni yoddan chiqarmang. Fosfor erishi qiyinroq o‘g‘it sanaladi. O‘simlik ildiz otgancha sekin ildiziga qadar yetib borib eriydi. Ekinlarning fosforga bo‘lgan talabini oshiradigan 47 xil suspenziyalarimiz bor. Mana masalan “Anka super”ni oladigan bo‘lsak, u ekin bargiga singib olganidan keyin ildiz atrofidagi ozuqalarni o‘simlik o‘ziga olishiga yordam beradi.

Dehqon hamda fermer xo‘jalik rahbarlari bu tavsiyalarga amal qilsalar, o‘z ko‘zlagan natijalariga erishishlari, shubhasiz.

Manzil qo'shish

Fikr-mulohaza so'rovi shakli