Yevropaga safar dasturi

08.02.2024

140

Yevropaga safar dasturi

Yanvar oyi “IFODA” kompaniyasi uchun haqiqiy kashfiyotlar oyi bo‘ldi.

17-18 yanvar kunlari Polsha hududida kompaniyamizning Yevropadagi birinchi vakolatxonasi ochildi. 

Bu olamshumul voqea kompaniyamiz uchun yangi imkoniyatlarni tuhfa etadi va Markaziy Yevropa mamlakatlariga tovar yetkazib berish hajmini oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, “Meva-sabzavot sanoati yarmarkasi” ko‘rgazma maydonlarida IFODA bosh direktori Qodirbek Mirzamahmudov mahalliy bozordagi yetakchi kompaniya rahbarlari bilan maxsus uchrashuvlar ham o‘tkazdi.

Ular orasida bir qator yirik kompaniyalar mavjud:

PUH “CHEMIROL” Sp. z o.o. o‘z mamlakati uchun 25 yildan buyon agrokonsalting va kompleks qishloq xo‘jaligi xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan  kompaniya. 

CHEMIROL – barqaror qishloq xo‘jaligiga yordam berish bo‘yicha yetakchi maqomga ega. Kompaniya faoliyati polyak fermerlari ehtiyojlari, mamlakatning sharoit va barcha tuproq xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turli tadqiqotlar o‘tkazish va amaliy yechimlar taqdim etishdan iborat.

CB Pharma kompaniyasi – Health Care (inson sog‘lig‘ini himoya qilish), Animal Health  (hayvonot olami sog‘lig‘ini muhofaza qilish),  Pest Innovations (zararkunandalarga qarshi sanitariya nazorati) va Crop Solutions (qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilik uchun yechimlar taqdim etish) bo‘yicha noyob tadqiqot texnologiyalari egasi. Ularning tadqiqot natijalari va boy tajribasidan kompaniya mahsulotlarini ishlab chiqarishda fundamental bilimlar bazasi sifatida foydalaniladi.  

Hortico – Bog‘dorchilik sohasida mahalliy savdo bozorining eng yetakchi vakillaridan biri, ularning tajriba va ko‘nikmalari butun mamlakat bo‘ylab o‘z filiallarimiz tarmog‘ini rivojlantirish uchun asqotishi mumkin. Hozirda kompaniya 30 000 dan ortiq mahsulotlari bilan oldi-sotdi qiladigan 9 ta yirik savdo nuqtasiga ega. Kompaniya tarixi 1991 yilga borib taqaladi, bu esa “Hortico”ni bog‘dorchilik tarmog‘idagi haqiqiy yetakchiga aylantirgan.
Leaf Media – agrosanoat tarmog‘iga ixtisoslashgan yirik marketing agentligi. Uning mahsulotlari asosan keng qamrovli maslahatlar va hamkorlik yechimlari, belgilangan kommunikatsiya maqsadlariga erishish, kompaniya hamda loyihalarni maqsadiga mos ravishda qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Bu kompaniya rahbarlari bilan o‘tkazilgan uchrashuv bizga yangi marketing vositalarini topish va agrobiznes sohasida muqobil aloqa kanallari bilan ishlash tizimini kuchaytirishga yordam beradi. 


Biz har bir hamkorimizga ajratilgan vaqt, tajriba, g‘oya, keys va uslublari bilan o‘rtoqlashganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Ishonchimiz komilki, aynan xalqaro hamkorlik va mustahkam sheriklik munosabatlarini o‘rnatish biz uchun qo‘shimcha tajriba va kompaniyani yana-da rivojlantirish uchun harakatlantiruvchi kuchga aylanadi.

Manzil qo'shish

Fikr-mulohaza so'rovi shakli