YoSh FERMERLAR YERLARI UCHUN “IFODA”MAHSULOTLARI TANLANDI

22.02.2021

137

YoSh FERMERLAR YERLARI UCHUN “IFODA”MAHSULOTLARI TANLANDI

Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida uyushmagan yoshlarni ish bilan taminlash, ularga tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun yer ajratish masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, fermer xo‘jalik rahbarlari hamda yoshlar ishtirok etishdi.

Seminarni olib borgan viloyat hokimi yoshlarga yer ajratish bilangina cheklanmay, urug‘ qadashdan toki hosil olishgacha bo‘lgan jarayonda ularga tajribali agronom hamda taʼminotchilar yordamida ko‘mak berish zarurligini taʼkidladi.

–         Andijon viloyatining 14 ta tumanidagi shu kabi yosh tadbirkorlar yerlarini o‘g‘itlash hamda ekinlarini himoyalashda aynan “IFODA” kompaniyasi mahsulotlari tanlangani alohida tahsinga sazovor, – deydi kompaniya agronomi Javlonbek Bo‘taboyev. – Bu ishonchdan ruhlanib, viloyatdagi yosh fermerlarga g‘alla maydonlarini oziqlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur asosida preparat hamda suspenziyalarimiz bo‘yicha maʼlumotlar berdik hamda shartnoma asosida hamkorlikda ishlash taklifini bildirdik.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan ushbu seminar ko‘pchilik yoshlarga dasturilamal bo‘lib xizmat qildi, desak yanglishmagan bo‘lamiz.

Manzil qo'shish

Fikr-mulohaza so'rovi shakli