Ildiz va ekinning muvozanatli rivojlanishini ta’minlaydi

Ildiz va ekinning muvozanatli rivojlanishini ta’minlaydi

18.02.2021

Mamlakatimiz miqyosida necha yillardan beri amalda bo‘lgan an’anaviy sug‘orish, ya’ni ariqlar va jo‘yaklar orqali g‘ozaga suv berish orqali paxtadan o‘rtacha 20-30 sentner/ga hosil olinib kelindi.

Agar zamonaviy sug‘orish tizimiga o‘tilsa, ya’ni ekinning dala maydoni bo‘ylab yaxlit tarzda o‘sishini ta’minlovchi tomchilab sug‘orish vositasida to‘g‘ri yondashgan holda suv berib borilsa, hosildorlik har gektarda 40-50 sentnergacha ko‘tarilishi amalda kuzatildi.

Qolaversa, tomchilab sug‘orish tizimidan foydalanish dehqonlarga nafaqat hosildorlik yo‘nalishida, balki energiya va suv tejamliligi bo‘yicha ham afzallik yaratib beradi. Hosildorlik bir necha barobar ortishidan tashqari, tuproqdagi havo-suv muvozanati ham saqlab qolingan holda tomchilab sug‘orish hamda tartibli suv berish orqali ildiz va ekinning muvozanatli rivojlanishi ham ta’minlanadi.

Manzil qo'shish

Fikr-mulohaza so'rovi shakli