Paxta yetishtirishda tomchilab sug‘orishning hosildorlikka ta’siri
18.02.2021
Paxtazorda tomchilab sug‘orish tizimidan foydalanish paxtakorlarga nafaqat suvni tejashda qo‘l keladi, balki hosildorlikni ham oshiradi va energiyaning isrofgarchiliksiz ishlatilishini ta’minlaydi.
Tolali o‘simlik hisoblangan paxtada hosildorlik ko‘sakning og‘irligi va olinadigan ipning sifatiga ham bog‘liq. O‘g‘itlash, yovvoyi o‘tlarga qarshi kurash, tuproqqa ishlov berish va, albatta, sug‘orish ko‘sak og‘irligi hamda ip sifatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatuvchi omillar sanaladi. Shuning uchun paxta yetishtirishda oqilona tomchilab sug‘orish va o‘g‘itlash dasturlaridan oqilona foydalanish hosildorlikka katta hissa qo‘shadi.