ENTOMIN
Ushbu preparat keng ko‘lamda qo‘llanilganda zararkunandalarga taʼsir etish xususiyati eng samarali insektoakaritsidlardan biri hisoblanib, mevali bog‘lardagi qishlovchi zararkunandalar va ularning keyingi avlodlariga qarshi samarali taʼsir qiladi.
Preparat tarkibidagi parafin moyi qo‘llangan o‘simlik yuzasi bo‘ylab teng yoyiladi va zararkunandaning nafas yo‘llariga kiradi hamda nafas yo‘lini berkitadi. Preparat mevali bog‘, tokzor hamda manzarali daraxtlarda uchraydigan qalqondorlar, soxta qalqondorlar, nok shirinchasi, komstok qurti, qon biti va shunga o‘xshash zirxli zararkunandalarga qarshi qo‘llanilganda tuxumi yoki tanasidagi moddalar va havo almashinuvini to‘xtatib, mustaxkam qobiq xosil qiladi. Shu tariqa zararkunandalar bo‘g‘ilib, nobud bo‘lishiga olib keladi.
Xususiyatlari