ENTOPIKS

ENTOPIKS

Ushbu preparat g‘o‘za g‘ovlab ketishini oldini oladigan, o‘simlikni vegetativ va generativ o‘suvini boshqaradigan stimulyator hisoblanadi. G‘o‘zaning  bo‘g‘in oralig‘ini qisqartirib, hosil elementlarini shakllantiradi. Preparat bilan ishlov berilgan o‘simlik ixcham holga kelib, konussimon shakl oladi, sog‘lom to‘q yashil rangga kiradi. Ikkinchi marotaba qo‘llanilganda o‘suv nuqtasini sezilarli darajada o‘sishdan to‘xtatib, mexanik usulda chilpish ishlarini bajarishga zarurat qoldirmaydi. Shu bilan birga birinchi terimda olinadigan hosil miqdori ortadi. Tolaning texnik sifatiga salbiy taʼsir qilmaydi. G‘allaga qo‘llanganda qisqa bo‘g‘in hosil qilib, kuchli shamol taʼsirida yotib qolishini oldini oladi va hosildorlikni oshishiga yordam beradi. 

Xususiyatlari

Stimulyator


Mepikvat-xlorid 5%


Ekinlarni o‘sishini tartibga soluvchi va xosil elementlarini yetilishini tezlashtiruvchi vosita!


Video ko'rib chiqish

🍀Ifoda kompaniyasi g'alla maydonlarida zararkunandalar, kasalliklar va begona o'tlarni o'z vaqtida profilaktik davolash bo'yicha xizmatlar va mahsulotlarni taklif etadi. 🍀IFODA BIRGA O'SIYAMIZ!👌 Tel: +99871 147-05-00 sayti www.ifoda.uz

Iste'mol darajasi va qo'llash tartibi

Ekin turi Sarf me'yori (l/ga) Qo'llash muddati va usuli
Go'za 0,5-1,5 Ko'sak shakllanish va pishish davri
Dukkakli ekinlar 0,5-1,0 Gullab, hosil tugish davri
G'alla 0,5-1,0 Naychalash davri

Manzil qo'shish

Fikr-mulohaza so'rovi shakli