ENTOSUPER

ENTOSUPER

Ushbu preparat g‘alla maydonlarida unib chiqayotgan bir yillik boshoqli begona o‘tlarni nazorat qilish uchun selektiv va tizimli gerbitsid. Bug‘doy ekinlariga nojo‘ya taʼsiri yo‘q. Barg orqali qo‘llanilganda bir necha soat ichida begona sht tanasiga so‘riladi va o‘suv nuqtalarida to‘planadi. Begona o‘tlarning to‘liq qurib nobud bo‘lish davri 1-3 hafta davomida kuzatiladi.

Xususiyatlari

Gerbitsid


(Fenoksaprop-p-etil+antidot 7.5%)


Yovvoyi suli (oq bosh) va boshqa bir yillik boshoqli begona o‘tlarga qarshi qo‘llaniladigan gerbitsid!


Video ko'rib chiqish

🍀Ifoda kompaniyasi g'alla maydonlarida zararkunandalar, kasalliklar va begona o'tlarni o'z vaqtida profilaktik davolash bo'yicha xizmatlar va mahsulotlarni taklif etadi. 🍀IFODA BIRGA O'SIYAMIZ!👌 Tel: +99871 147-05-00 sayti www.ifoda.uz

Iste'mol darajasi va qo'llash tartibi

Ekin turi Begona o'tlar Sarf me’yori (l/ga) Qo‘llash muddati va usullari Ekinning o‘sish davri Begona o'tning o‘sish davri
Kuzgi bug‘doy Bir yillik boshoqli begona o'tlar 0,8-1,0 Ekinning tuplash davrida Unib chiqqandan so‘ng Begona o'tlarning ilk rivojlanish davrida qo‘llansa yaxshi samara beradi

Manzil qo'shish

Fikr-mulohaza so'rovi shakli