FIST
Paxta, sabzavot ekinlari, makkajo‘xori, kartoshka va kungaboqar yetishtirishda keng ko‘lamli bir yillik boshoqli va ikki pallali begona o‘tlarga qarshi qo‘llaniladigan yuqori samarali gerbitsid. Ta’sir etuvchi moddasi — pendimetalin bo‘lib, u dinitroanilinlar kimyoviy guruhiga kiradi va o‘simlik hujayralarining bo‘linish (mitoz) jarayonining yakuniy bosqichini to‘xtatib, ildiz meristemasiga ta’sir qiladi. U o‘simlik hujayralarining bo‘linishi uchun zarur bo‘lgan oqsil — tubulin hosil bo‘lishini ingibitsiya qiladi (to‘xtatadi). Gerbitsid o‘simlikning ildizi va poyasi orqali kirib borib, meristemadagi hujayralar bo‘linishini to‘xtatadi. Natijada begona o‘tlar yo unib chiqish bosqichida, yoki unib chiqqandan so‘ng darhol nobud bo‘ladi. Allaqachon unib chiqqan kichik begona o‘tlar ham ishlov berish natijasida yo‘q qilinadi. Preparat tuproqda o‘z faolligini saqlab qoladi va madaniy ekinlarning unib chiqishigacha qo‘llaniladi.
Xususiyatlari