O'stirish tehnikasi Ғўза

Paxta, chigitli paxta — gʻoʻzaning tola va chigitdan iborat asosiy mahsuloti. Paxta tozalash korxonasida P.ga dastlabki ishlov berish jarayonida chigitdan, avval, toʻqimachilik sanoatining ehtiyoji uchun asosiy mahsulot — tola (uz. 20 mm dan uzun) ajratib olinadi. Shuning uchun butun dunyoda P. tolaning sifatiga qarab baholanadi. Keyin chigitdan kimyo va mahalliy sanoat korxonalarida qoʻllaniladigan lint (momiq) (uz. 20 mm dan kam) olinadi. Texnologik uskunalarda P.ni qayta ishlash va tolani tozalash jarayonida o'lik (pishib yetilmagan kalta tolali puch chigit, chigallashgan tolalar) va kalta P. momigʻi (uz. 5,0 mm dan kam) chiqadi. P.da 30— 35% tola va 50—55% chigit (chigitida 24—29% moy), 2—3% o'lik tola, 3— 5% kalta momiq boʻladi. Gʻoʻzaning seleksion navi va tolaning yoʻgʻon-ingichkaligiga qarab P., oʻrta tolali va uzun tolali turlarga boʻlinadi. P. qoʻlda va mashina bilan teriladi. P. tolasining pishib yetilganlik koeffitsiyentda va tashqi koʻrinishi, rangi boʻyicha 5 sanoat naviga va iflos aralashmalarning miqdori hamda namligiga qarab 3 sinfga boʻlinadi.